Ortiqcha vaznlilar soni 1 milliarddan oshdi

Jahonda ortiqcha vaznli odamlar soni 1 milliarddan oshdi — The Lancet jurnalida yoritilgan tadqiqot ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqda.
190 dan ortiq mamlakatga oid 1990-yildan 2022-yilgacha ma’lumotlar tahlil qilindi. Shu davrda bolalar va kattalar orasida semirish darajasi sezilarli o‘sgan.
Ortiqcha vazn to‘plash ko‘rsatkichi qizlarda 1,7 dan 6,9 foizgacha, o‘g‘il bolalarda 2,1 dan 9,3 foizgacha o‘sgan, ya’ni hozir dunyodagi har o‘n to‘rtinchi qiz yoki o‘n birinchi o‘g‘il bola ortiqcha vaznga ega. 2022-yilda sayyoramiz bo‘yicha voyaga yetmaganlarning 160 mln nafari semirishdan aziyat chekkan (1990-yilda — 31 mln edi).
Katta yoshlilarning muammosi ham kattaroq. Jahondagi ayollar o‘rtasida semizlar ulushi 1990-yildagi 8,8 foizdan 2022-yilda 18,5 foizga yetgan, erkaklarda bu ulush — 4,8 dan 14 foizga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter