Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oshiq «melisa» soxta ekan...

Oshiq «melisa» soxta ekan...

foto: xabar.uz

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ichki ishlar organlariga tegishli bo‘lgan xizmat kiyimini kiyib yurgan fuqaro ushlandi. Ushbu fuqaro Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida istiqomat qilishi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan shaxs 15 fevral kuni Chiroqchi tumanidagi kiyim-kechak bozori hududidagi tikuv sexidan 100 ming so‘mga ichki ishlar organlariga tegishli bo‘lgan xizmat kiyimini sotib oladi. U o‘ziga tanish bo‘lgan qizga yaxshi ko‘rinish maqsadida Samarqand viloyati Ishtixon tumaniga boradi. Uning egnidagi libos ichki ishlar hodimlarida shubha uyg‘otadi va fuqarodan xizmat guvohnomasi so‘ralgan vaqtda qochishga urinadi.

Shundan so‘ng ichki ishlar hodimlari tomonidan soxta xodim qo‘lga olinadi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring