Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘sma kasalligi bor bemor koronavirus yuqtirsa nima bo‘ladi?

O‘sma kasalligi bor bemor koronavirus yuqtirsa nima bo‘ladi?

Foto:«Sputnik»

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda xastalik bilan bog‘liq savollarga javob berildi.

O‘sma kasalligi mavjud bo‘lgan bemor sifatida COVID-19 to‘g‘risida nimalarni bilishim lozim? Ximioterapiya olaman.

O‘sma kasalligi va uning davo choralari immun tizimini bir muncha pasaytirishi mumkin, ammo davolanish yakunida ko‘pchilik bemorlarda immun tizimi qayta tiklanadi.

 O‘sma kasalligi mavjud bemor COVID-19 kasalligi fonida eng samarali himoya yuli: tavsiyalarga amal qilish, ya’ni ijtimoiy masofa saqlash va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishingiz lozim.

Agar siz o‘sma kasalligida o‘tkazilgan davo choralari COVID-19 kasalligiga chalinish xavfini oshirishi xaqida xavotirda bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Virusga qarshi kvars lampalari xonada 85% gacha viruslarni nobud qilishi rostmi?

Koronavirus kasalligini davolash va bemorlarni olib borish bo‘yicha yaratilgan qo‘llanmalarda kvars lampalarning ushbu virusga qarshi ta’siri to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar yo‘q.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring