Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan 3 oyda ta’lim kreditlarining 80 foizini xotin-qizlar olgan – vazirlik

O‘tgan 3 oyda ta’lim kreditlarining 80 foizini xotin-qizlar olgan – vazirlik

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil 1-choragi davomida imtiyozli ta’lim kreditlari uchun 183,8 mlrd so‘m ajratilgan.

Mazkur kreditlar bilan esa 22 151 nafar talaba qamrab olingan bo‘lib, ularning katta qismi, ya’ni 80 foizi xotin-qizlar (17 830 nafar talaba)ga berilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27-maydagi Prezident Farmoni bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritilgani va unga ko‘ra, endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz ta’lim krediti berilishi xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring