Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi

Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi

O‘zbekistonda ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi. Bu joriy yilning 23 iyulida qabul qilingan «Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 105-sonli Prezident Farmonida belgilab qo‘yilgan.

Farmonga ko‘ra, ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xo‘jaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi. Shuningdek, ovchilik xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yer yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:

1-bosqichda – 10 yil muddatga;

— investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga ko‘ra:

2-bosqichda – 10 yil muddatga;

3-bosqichda – 29 yil muddatga.

Bunda agar 2 yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror ko‘paytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.

Bundan tashqari, elektron onlayn-auksion g‘olibi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xo‘jaliklariga (ovchilik bazalari va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun biriktirib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring