Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab dorifurushlar qo‘lga olindi

O‘zbekiston bo‘ylab dorifurushlar qo‘lga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirda o‘tkazilgan. Unda fuqaro X.X. xorijda ishlab chiqarilgan 10 quti “Omnadren-250” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 2,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Departamentning Xonobod shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan B.K. fuqaro A.A.ga 13 dona “Regapen” va 2 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 1,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, 17 dona “Regapen” va 4 dona “Tropikamid” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Shu kabi, Departamentning Toshloq tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.J. fuqaro Z.M.ga 10 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring