Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston elchisi Erdo‘g‘onga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston elchisi Erdo‘g‘onga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston elchisi Erdo‘g‘onga ishonch yorliqlarini topshirdi. 

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilhom Haydarov Turkiya Prezidenti Rejep Toyyip Erdo‘g‘onga ishonch yorliqlarini topshirdi. U iyun oyida Anqara shahriga yetib borgandi. 

56 yoshli Haydarov 2024-yil iyul oyidan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti), Rossiya tashqi savdo akademiyasini, Memfisdagi (AQSh) Xalqaro paxta maktabini tamomlagan.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) va xorijiy vakolatxonalarda savdo-iqtisodiy maslahatchi, Ukrainadagi elchi (2006 — 2009 yillar) lavozimlarida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring