O‘zbekiston: har 26 soatda bitta qotillik!

2019 yilning o‘tgan olti oyida mamlakatimizda 164 ta qotillik jinoyati sodir etilgan. Bu raqam soatlarga zarb etilsa, har 26 soatda bitta qotillik qayd etilayotgani oydinlashadi. Bosh prokuratura ayni ma’lumot o‘tgan yilning shu davriga taqqoslar ekan, ushbu o‘ta og‘ir jinoyat 27,5 foizga kamayganini alohida ta’kidlaydi (2018 yilning dastlabki yarim yilida 232 ta qotillik jinoyati sodir etilgan).
Joriy yilda sodir etilgan qotillik jinoyatlarning ikkitasi hozircha fosh etilgani yo‘q. Bu borada tezkor-tergov ishlari faol olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter