O‘zbekiston hududida yana yer qimirladi

Bugun, 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 14:32 da (05.08.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 09:32 da) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi.
Zilzila koordinatalari: 40,27 gradus shimoliy kenglik; 70,85 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 50 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 177 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Namangan : 107 km, 2 ball.
- Andijon : 139 km, 2 ball.
- Farg‘ona : 80 km, 2 ball.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham O‘zbekistonda kuchliroq yer qimirlashi kuzatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter