Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida o‘z o‘rnini saqlab qoldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida o‘z o‘rnini saqlab qoldi

Foto: «Eurosport»

Bugun FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab qoldi.

Osiyo jamoalari o‘rtasida hamon Eron peshqadamlik qilmoqda. Keyrush shogirdlari umumiy ro‘yxatning 36-pog‘onasida qayd etilgan. Avstraliya termasi 40-o‘rin, Yaponiya 60 va Janubiy Koreya (61-o‘rinlardan joy olgan.

Bizdan oldingi o‘rinlarda, shuningdek, Qirg‘iziston, Suriya, Livan va Ummon kabi terma jamoalar ham bor.

Umumiy reytingni Germaniya terma jamoasi boshqaryapti. Ikkinchi o‘rinda Braziliya, uchinchi o‘rinda esa Belgiya termasi bormoqda.

Kuchli o‘nlikdan, shuningdek, Portugaliya, Argentina, Shveysariya, Fransiya, Ispaniya, Chili va Polsha terma jamoalari joy olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring