O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Xitoyni yengdi va mundialga yaqinlashdi

Bugun, 6 aprel kuni o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi 2-turi doirasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Xitoyga qarshi bahsi olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «kichik oq bo‘rilar» ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi va muddatidan avval guruhdan chiqishga yaqin turibdi. Buning uchun guruh doirasida kechayotgan yana bir bahsda Saudiya Arabistoni terma jamoasi Tailandni mag‘lub etishi lozim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qiladi. Ma’lumot uchun, Islom Ismoilov shogirdlari so‘nggi turda musobaqa mezboni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.
U17 Osiyo chempionati.
A guruhi 2-tur:
Xitoy – O‘zbekiston 1:2
Gollar: Chjan Chenjuy 33 (1:0), Hasanov 45+1 (1:1), Aliyev 86 (1:2).
Xitoy: 13.Ixesan Yilamu, 4.Loxman Elnazar, 5.Sun Tyanyuy, 7.Benyamin Abdusalom (17 Vey Szitszyan, 46 (Yan Syandun, 86)) , 8.Lyu Szyale, 9.Vey Syansin, 10.Habibulla Nurxoji (18.Li Syan, 63), 11.Van I, 12.Van Gengruy, 21.Chjan Chenjuy, 23.Lyu Binlin (6.Li Shuaysi, 89)
O‘zbekiston: 21.Rustamjonov, 3.Hakimov, 4.Bahodirxonov (s), 6.Abdukarimov, 7.Hasanov (17.Rustamov, 56), 9.Sarsenbayev (20.Aliyev, 56), 11.Sodiqov (16.Abdumo‘minov, 65), 13.Fazliddinov (10.Habibullayev, 46), 15.Musaxonov, 18.Shukurullayev, 19.Erimbetov
Ogohlantirishlar: Lyu Binlin (42), Li Syan (73), Van I (90+6), Shukurullayev (90+7).
Zaxira: 1.Shokirov, 12.Izboskanov, 23.Mahmudjonov, 14.Saidmurodov, 8.Muhammadov, 2.Botiraliyev, 22.Abdullayev, 5.Murodov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter