Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi ham yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilyapti

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi ham yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilyapti

Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 8-iyuldagi 2019-45-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Soliq qo‘mitasining tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, Prezidentning 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qarori bilan foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati tasdiqlanib, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ham qo‘shilmoqda.

Qaror loyihasi bilan, shuningdek, quyidagilar belgilanmoqda:

  • Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan olingan sof tushum summasini bazaviy hisoblash miqdoriga (735 ming baravari) nisbatan 250,0 mlrd so‘m etib belgilash (amalda 100 mlrd so‘m);
  • sof tushum summasi 250,0 mlrd. so‘mdan kam, don korxonalari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, sharob savdo korxonalari va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar hamda xodimlar soni 10 nafardan kam jami 1 020 ta yuridik shaxslar soliq ma’murchiligini hududiy soliq boshqarmalari nazoratiga o‘tkazish.

Bundan tashqari, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va aksiz to‘lanadigan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilishi shartiga istisno tariqasida alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo ishlab chiqaruvchi korxonalar kiritilmoqda.

Qolaversa, ushbu hujjat loyihasi bilan kelgusida tijorat banklari, tovar-xom ashyo, fond, valyuta va boshqa birjalar qatorida sug‘urta tashkilotlari ham yirik soliq to‘lovchi bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring