Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Ukraina bo‘yicha rezolyusiyada betaraf qoldi

O‘zbekiston Ukraina bo‘yicha rezolyusiyada betaraf qoldi

BMT Bosh Assambleyasi Ukraina uchun tovon to‘lash bo‘yicha rezolyusiyani qabul qildi.

Rezolyusiya Ukrainaga Rossiya tajovuzi natijasida yetkazilgan zararni qoplashni ta’minlaydigan xalqaro mexanizm yaratishni nazarda tutadi. Shuningdek, u «Rossiya Federatsiyasining xalqaro qoidalarni buzgan xatti-harakatlari natijasida barcha manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek Ukraina davlatiga yetkazilgan zarar, yo‘qotishning hujjatlashtirilgan dalillarini ro‘yxatga olish uchun xalqaro reyestrni yaratish zarurligini ko‘rsatadi».

Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi. 

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya uchrashuv chog‘ida rezolyusiya mualliflari muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga qurol yetkazib berishni moliyalashtirish va Kiyevga o‘tkazilgan qurollar uchun qarzlarni to‘lash uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishni maqsad qilganini aytdi. 

Rezolyusiyani 94 davlat qo‘llab-quvvatlagan, 14 davlat qarshi ovoz bergan.

Bosh Assambleyaning qarorlari majburiy emas va tavsiyaviy xarakterga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring