Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi yana bir o‘tkazish punkti tiklandi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi yana bir o‘tkazish punkti tiklandi

Foto: «Stv.uz»

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasidagi «Oq-Tosh» (Qirg‘iziston) — «Birlashgan» (O‘zbekiston) o‘tkazish punkti ishi 25-dekabr kuni qayta tiklandi. Bu haqda «Podrobno.uz» xabar berdi.

Punkt Qirg‘izistonning Barak eksklavi aholisiga mamlakatning asosiy hududiga bemalol o‘tish imkoniyatini beradi.

Bu haqdagi kelishuvga 18-dekabr kuni O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston bosh vaziri Mahammadkaliy Abilgaziyev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan. Muzokaralar ikki mamlakat chegaradosh viloyatlar rahbarlari kengashining ikkinchi yig‘ilishida bo‘lib o‘tgan.

«Oq-Tosh» o‘tkazish punkti davlat chegarasining Qirg‘iziston — O‘zbekiston qismida joylashgan va Barak eksklavini O‘sh viloyatining Qora-Suv tumani bilan bog‘lab turadi. Mazkur punkt Barak qishlog‘i aholisini o‘tkazishni 2013-yilning bahorida vaqtincha to‘xtatgan edi.

Avval Barak eksklavi aholisi Qirg‘izistonning asosiy hududiga o‘tish uchun 150 kilometr masofani bosib o‘tib, «Qizil-Qiya avtoyo‘l» nazorat-o‘tkazish punktiga borishga majbur edi. O‘sh shahriga yetib borish uchun esa 300 kilometr masofani bosib o‘tish talab qilingan. Endi «Oq-Tosh» punkti orqali mamlakatning asosiy hududiga o‘tish uchun bir kilometrdan sal ko‘proq masofa bosib o‘tiladi.

O‘tkazish punktlari har kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi. Favqulodda vaziyatlarda aholini o‘tkazish kechayu kunduz amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring