Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Kampirobod suv ombori bo‘yicha bitimni imzoladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Kampirobod suv ombori bo‘yicha bitimni imzoladi

O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norovning Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bilan uchrashuvi doirasida bir qator hujjatlar imzolandi.

Jumladan:

  • O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma;
  • Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitim;
  • O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi va Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv resurslari xizmati o‘rtasida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va boshqalar.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘ladigan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev 10-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston 4 485 gektar, Qirg‘iziston esa 19 699 gektar yer olganini ma’lum qilgandi.

Bugungi sertahlika davrda mana shunday amaliy yechimlar quvontiradi. Mintaqadagi suv muammosi har ikki mamlakatni qiynamasligi uchun ham uni birga boshqarish zarur edi.

Kelajakda «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li ham iqtisod uchun koni foyda bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring