O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan kompozit gaz ballonlarga bo‘lgan talab ortmoqda

«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli «UNG ECONN» zavodida kompozit gaz ballonlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu zavod yiliga 100 ming dona gaz ballonlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Suyultirilgan gaz uchun kompozit gaz ballonlar sig‘imi 47 litr, og‘irligi 20 kilogramm bo‘lib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ushbu gaz ballonlar uchun O‘zstandart agentligi tomonidan «ISO 9001:2015» va boshqa talab etilgan muvofiqlik sertifikati berilgan.
Issiq va sovuq ta’sir qilmaydigan ushbu kompozit ballonlardan -40 dan boshlab +70 gradusgacha foydalanish mumkin. Gaz ballonlar xavfsiz hamda qulay bo‘lib, aholi, tadbirkorlar va ishbilarmonlar mol-mulkining daxlsizligini ta’minlaydi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining Kompozit gaz ballonlar realizatsiyasini yo‘lga qo‘yish borasidagi topshirig‘i natijasida, so‘nggi bir haftada 1000 dan oshiq gaz ballonlar sotilishiga erishildi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter