Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirus bemorlarining 6-7 foizi o‘ta og‘ir ahvolda

O‘zbekistonda koronavirus bemorlarining 6-7 foizi o‘ta og‘ir ahvolda

Foto: «Virusnaya-pandemiya.ru»

Shu yilning 18-sentyabr kuni mamlakatimizda 617 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Buxoro, Andijon, Navoiy hamda Qashqadaryo viloyatlarida 553 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 378 nafar bemordan 46 645 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 312 nafar bemordan 489 nafari og‘ir, 254 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring