O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim kuzatilmagan viloyat qolmadi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana ikki bemor vafot etdi va jami holatlar 95 tani tashkil qilmoqda.
Andijon viloyati Andijon shahrida yashagan 42 yoshli G‘.I. (erkak)da joriy yil 15 iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, semizlikning 4-darajasi kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etgan.
Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 51 yoshli Z.S. (erkak) 17 iyul kuni IIV Markaziy gospitalining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va 18 iyul kuni unda koronavirus topilgan.
Shuningdek, unda yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning o‘ta og‘ir kechishi, ikkala boldir arteriyalari okklyuziyasi, chap son yonbosh arteriyasi stenozi, surunkali pankreatit kabi hamroh xastaliklar bo‘lgan.
Reanimatsion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter