O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5000 nafarga yaqinlashdi

2020 yil 14 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4994 (+28) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan), 9 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 2 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 3874 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 1101 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter