Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 60 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 60 mingdan oshdi

Foto: «News.myseldon.com»

2020-yil 8-oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60 026 (+121) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 107 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 132, Toshkent viloyatida 86, Andijon viloyatida 17, Samarqand viloyatida 11, Qashqadaryo viloyatida 8, Surxondaryo viloyatida 8, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar bemor tuzaldi.

Shu tariqa yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 56 837 (+269) nafar fuqaro tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 693 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring