O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligiga doir kodeks ishlab chiqariladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga «O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjatga ko‘ra, O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasini kuchga kiritish bo‘yicha bir yil mobaynida ishchi komissiya tuziladi. Komissiya 5 yillik o‘rmonchilikni rivojlantirish dasturidagi vazifalar va konsepsiyaning uzoq muddatlarga (10 yil) mo‘ljallangan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish choralarini amalga oshiradi. Xususan, o‘rmonlarda davlat inventarizatsiyasini o‘tkazish hamda O‘zbekistonning barcha o‘rmon fondi egalari uchun kosmik tasvirlar va ularni zamonaviy deshifrovka uslublari asosida o‘rmon daraxtzorlari haqidagi yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Konsepsiya bilan, Toshkent davlat agrar universitetining «O‘rmon xo‘jaligi» fakultetiga o‘rmon xo‘jaligi mablag‘lari hisobidan o‘qishga kirish va o‘qishni tamomlagach, moliyalashtirgan xo‘jalikka ishlab berish amaliyotini joriy qilish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, qarorda 2022 yilgacha «O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon kodeksi»ni ishlab chiqish vazifasi ham belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter