O‘zbekistonda qancha odam kovidga qarshi to‘liq emlandi?

25-sentyabrda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 243 209 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 101 997 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 77 677 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 63 535 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 19 669 106 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 10 946 587nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 6 332 779 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 2 389 740 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 186 586 nafarni tashkil qilmoqda.
Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Surxondaryo viloyati (31 098 doza),
Toshkent viloyati (28 922 doza),
Buxoro viloyati (27 871 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
Farg‘ona viloyatida 2 174 922 doza,
Andijon viloyatida 2 144 684 doza,
Namangan viloyatida 2 105 825 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter