O‘zbekistonlik 6751 nafar ko‘ngillida vaksinatsiyaning 3-klinik sinov bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekistonda shu paytga qadar 6751 nafar ko‘ngillida koronavirusga qarshi vaksinatsiyaning 3-klinik sinov bosqichi o‘tkazildi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov ma’lum qildi.
Xitoyning «Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinasini xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasini oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida III faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan, 9000 nafar ko‘ngillilar orasida immunizatsiya tadbirlarini o‘tkazilishi uchun vaksina olib kelingan.
O‘zbekistonga 8 nafar xitoylik mutaxassis kelgan, ular bugungi kunda Innovatsiyani rivojlantirish vazirligi bilan xamkorlikda 3 faza klinik bosqichini amalga oshirmoqda.
Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligiga qarashli 3ta poliklinikada, Innovatsion rivojlanish vazirligining ko‘rgazmalar zalida va Yunusobod tumani 15-sonli oilaviy poliklinikada jami 5 ta muassasada COVID-19ga qarshi ko‘ngillilarni skringdan o‘tkazish va vaksinatsiya qilish uchun maxsus joy tashkil qilingan.
Bugun qadar 14274 nafar ko‘ngilli tibbiy ko‘rik va suhbatdan o‘tkazildi.Ularning 6751 nafarida (47,3 foiz) vaksinatsiyaning 3-klinik sinov bosqichlari amalga oshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter