O‘zbekistonda «Toza qo‘llar» dasturi amalga oshiriladi

Yig‘ilishda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan barcha maktab, bog‘cha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda «Toza qo‘llar» dasturi amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra:
- ta’lim va tibbiyot tashkilotlaridagi qo‘l yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan to‘liq ta’minlanadi,
- sharoiti og‘ir bo‘lgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bog‘chaga geliokollektor olib beriladi;
- 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna o‘rnatiladi.
Ushbu maqsadlar uchun shu yilning o‘zida budjetdan 780 milliard so‘m ajratiladi.
Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda bo‘lishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.
«Toza qo‘llar» dasturining mohiyati, shaxsiy gigiyena haqida katta targ‘ibot kampaniyasini tashkil etish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter