O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan davlatlar nomi ochiqlandi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 139,1 trln so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 59 trln so‘m miqdorida qayd etilgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor – mamlakatlar:
— Xitoy – 20,5 foiz
— Rossiya – 18,8 foiz
— Turkiya – 6,2 foiz
— Saudiya Arabistoni – 8,5 foiz
— Kipr – 4,3 foiz
— Germaniya – 2,7 foiz
— Shveysariya – 2,5 foiz
— Buyuk Britaniya – 2 foiz
— AQSh – 1,9 foiz
— Italiya 0,5 foiz.
Ta’kidlash joizki, 2022 yilda bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik Rossiyaga tegishli edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter