Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning janubiy hududlarida zilzila kuzatildi

O‘zbekistonning janubiy hududlarida zilzila kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 10-yanvar, soat 02:41 da zilzila sodir bo‘ldi.

Epitsentr: Surxandaryo viloyati, Boysun tumani. Zilzila koordinatalari: 38,38 gradus shimoliy kenglik; 67,43 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 355 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Oltinsoy tumanida 3 ball, 34 km.
Denov tumanida 3 ball, 35 km.
Boysun tumanida 3 ball, 36 km.
Sariosiyo tumanida 2-3 ball, 50 km.
Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 57 km.
Sho‘rchi tumanida 2 ball, 61 km.
Bandixon tumanida 2 ball, 63 km.
Qamashi tumanida 2 ball, 65 km.
Uzun tumanida 2 ball, 70 km.
Dehqonobod tumanida 2 ball, 71 km.
Shaxrisabz tumanida 2 ball, 71 km.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring