«O‘zbekneftgaz» raisi «Muborak» gazni qayta ishlash zavodida bo‘ldi (foto)

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari «Muborak» gazni qayta ishlash zavodida texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida gazni qayta ishlash qurilmalarida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
Boshqaruv raisi tomonidan «Muborak» gazni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan bir qator loyihalar bilan tanishdi.
Xususan, 2-sonli qozonxonada bug‘ turbinasi o‘rnatish orqali ortiqcha bug‘ energiyasidan foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi hamda 3-sonli oltingugurt olish texnologik blogini rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshilayotgan qurilish-montaj ishlari joyidan o‘rganildi.
Zavoddagi ishlab chiqarish jarayonlarini texnik suv bilan ta’minlash tizimida suvni tozalash inshooti va suvni sovutish gradirnyalari, sanoat kanalizatsiyasi tarmog‘i, oqova suvlarni tozalash tizimini rekonstruksiya qilish muhokama qilindi.
Shuningdek, belgilangan ishlarni amalga oshirishda investitsiya kiritish bilan texnik oltingugurtdan foydalanib mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha tayyorlangan taqdimot tahliliy o‘rganildi.
Boshqaruv raisi tomonidan ushbu loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha «Muborak» gazni qayta ishlash zavodi rahbari Shermat Shamsiyev va tegishli departament boshliqlariga topshiriqlar berdi.
Bundan tashqari, Boshqaruv raisi rekonstruksiya va qurilish loyihalarini jadallashtirish, moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish maqsadida, ushbu loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Har bir loyihada ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash masalalari bo‘yicha qabul qilinayotgan yechimlarga qattiq e’tibor qaratilib, texnologik jarayonlarni boshqarishda xavfsizlikni ta’minlash va zamonaviy avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etishga masalalari muhimligini ta’kidlandi.
O‘rganish davomida «Muborak» gazni qayta ishlash zavodining 50 yilligi munosabati bilan zavod hududini obodonlashtirish, ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida ma’muriy binoni rekonstruksiya qilish, yangi 250 o‘rinli oshxonaning qurilish ishlarini jadallashtirish borasida alohida ko‘rsatmalar berildi.
Boshqaruv raisining Qashqadaryo vilotidagi ishlab chiqarish, qayta ishlash korxonalaridagi holatni o‘rganish maqsadida qilgan tashrifi davom etadi.
«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter