«O‘zelektroapparat» zavodi binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 28-dekabr kuni soat 5:50 da Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan «O‘zelektroapparat» zavodi binosida yong‘in sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB yong‘in xavfsizligi xodimlarining tezkor harakati bilan yong‘in qisqa muddatda o‘chirilgani xabar berilgan.
Boshqarma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, binoning 70 kvadrat metr maydoni yonib ketgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter