«O‘zgidromet» bugungi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Bugun 26-avgust kuni respublika bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 31-33° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter