Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» kuchli jaziramadan ogohlantirdi

«O‘zgidromet» kuchli jaziramadan ogohlantirdi

Foto: Xabar.uz

25-26-iyun kunlari respublikaga jazirama issiq havo to‘lqini kirib keladi.

Buni «O‘zgidromet»ning o‘rta muddatli ob-havo prognozlari tasdiqlamoqda.

Avvaliga 24-25-iyun kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo harorati maksimumlari +42 daraja, keyinroq 26-iyun kuni esa respublikaning boshqa viloyatlarida issiq jazirama havo to‘qini (tog‘lardan tashqari) kamida +39 daraja issiqlikni taqdim etadi.

Bu issiq havo to‘lqini past bosimli havo sektori bir qismi bo‘lib, u Turkmanistondan kirib keladi.

Turkmanistonning 3 viloyatida 25-iyun kuni maksimal havo harorati +45 darajagacha qiziydi.

«O‘zgidromet» ikki kun avval e’lon qilgan haftalik ma’lumotida kunlar o‘tishi bilan havo isib borishini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring