«O‘zgidromet» ko‘pchilik kutayotgan xabarni e’lon qildi

«O‘zgidromet» taqdim etgan haftalik ma’lumotga ko‘ra, yurtimizda havo iliqlashadi.
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzi havo 0-3 daraja iliqgacha isiydi, faqat ba’zi joylarda biroz manfiy harorat saqlanib turadi.
Ertangi kundan boshlab antitsiklon ta’siri asta-sekin kuchsizlashadi. Sovuq havo massasi nisbatan iliq havo bilan o‘rin almashadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib kechalari sovuq 0 darajagacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari esa havo 7-10 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda 14 daraja iliqgacha isiydi, bu haroratning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlariga yaqindir.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter