Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» ko‘pchilik kutayotgan xabarni e’lon qildi

«O‘zgidromet» ko‘pchilik kutayotgan xabarni e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» iyulning ilk kunida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha harorat foni 35-40° atrofida, janubda ba’zi joylarda 43-45° gacha bo‘lgan quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Ya’ni havo harorati avvalgi kunlarga qaraganda pasayadi. 

Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36-38° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring