Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiya davrida dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya nomi aytildi

Pandemiya davrida dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya nomi aytildi

Britaniyaning Skytrax marketing kompaniyasi mutaxassislari koronavirus pandemiyasi paytida dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya haqida ma’lumotlar to‘plashga qaror qilishdi. Izlanishlar natijasida Qatar Airways eng xavfsiz aviakompaniya deya topilgan.

Qatar milliy aviakompaniyasi Skytrax mutaxassislari tomonidan uzoq muddatga xavfsizligi uchun ilk bor besh yulduz bilan taqdirlandi. Tekshiruv davomida mutaxassislar samolyotga chiqishdan oldin aviakompaniya barcha mijozlariga virus yuqishi xavfidan saqlovchi hamda gigiyena vositalari topshirishganiga alohida e’tibor qaratishgan.

«Samolyotlar parvozlar oldidan Doha va boshqa tarmoq aeroportlarida qat’iy sanitariya nazoratidan o‘tkazilmoqda, bunda biznes va ekonom klassdagi kabinalarga bir xil e’tibor berilmoqda. Qatar Airways har doim pandemiya paytida «tozalikning eng yuqori standartlarini» saqlab keldi»,- deya izoh bergan Skytrax mutaxassislari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring