Pandemiya xalqaro turizmga yetkazgan zarar hisoblab chiqildi

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar—aprel oylarida, koronavirus pandemiyasi tufayli, sayyohlarning xorijiy mamlakatlarga chiqishi 97 foizga qisqarib ketdi. Oqibatda jahon turizmi 2020-yil boshidan beri 195 milliard dollar zarar ko‘rdi.
Ammo bu holva. BMT qoshidagi Jahon turizm tashkiloti dushanba kuni bergan ma’lumotda aytilishicha, 2020-yilda boshqa mamlakatlarga chiqish istagidan taxminan 1,1 milliard sayyoh voz kechishi kutilyapti — buning oqibatida soha ko‘radigan zarar miqdori 1,2 trln. dollarga yetishi mumkin.
Ma’lumot uchun: 2019-yilda jahon bo‘yicha sayohatga otlangan kishilar soni 1,5 milliardga yetgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter