Pashinyan KXShT haqida: Qolishimizdan — ketishimiz haqiqatga yaqin

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning fikricha, Armanistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ga a’zoligi tiklanishidan ko‘ra, uni tark etishi ehtimoli kattaroq. Pashinyanning so‘zlarini TASS keltirmoqda.
«KXShTdan chiqish ehtimolimiz, bu tashkilotga a’zoligimizni tiklashimizdan ko‘ra kattaroq», — dedi Armaniston bosh vaziri matbuot anjumanida.
Mamlakat mudofaa vaziri Surik Papikyan 15-yanvardagi bayonotida ta’kidlashicha, Armaniston de-fakto KXShTda hech qanday ishtirok etmayapti, biroq respublika Rossiya bilan munosabatlarda hech qaysi ikki tomonlama hujjatni bekor qilmagan va tashkilotni tark etmagan.
O‘z navbatida, Armaniston tashqi razvedka xizmati o‘z hisobotida 2025-yilda Yerevanning KXShTga qaytishi ehtimolini juda past baholagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter