Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Payariq tumanida sodir bo‘lgan ommaviy janjal yuzasidan bayonot berildi

Payariq tumanida sodir bo‘lgan ommaviy janjal yuzasidan bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «20 kishi do‘konga bostirib kelib xujum qilingani aytilmoqda»  nomli video tarqaldi. 

5-iyun kuni Samarqand viloyati Payariq tumani «G‘oyibota» mahallasida joylashgan savdo do‘koni yonida Payariq tumani «Turkibola» mahallasida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan B. hamda shu mahallada yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan S. lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuz bergan.

Oqibatda S. qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan B.ning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.

Xolat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-modda 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari davomida, janjalda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga xuquqiy baho beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring