Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pekin-2022: Norvegiya g‘alaba sari dadil ketmoqda

Pekin-2022: Norvegiya g‘alaba sari dadil ketmoqda

Foto: DW

Bugun, 13-fevral sanasidagi bellashuvlardan so‘ng, Pekin-2022 Qishki olimpiadasida Norvegiya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda.

Norveglar olimpiada davomida qo‘lga kiritgan medallar soni 21 taga yetdi: 9 oltin, 5 kumush, 7 bronza.

Olimpiada g‘olibligiga da’vogarlardan biri — germaniyalik sportchilar 8 oltin, 5 kumush, 1 bronza, jami 14 ta medal to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda borishyapti.

Amerikalik va niderlandiyalik sportchilar deyarli bir xil natija (6 tadan oltin medal, jami 12 tadan medal) bilan uchinchi va to‘rtinchi bo‘lib turishibdi.

Dastlabki to‘qqiz kungi musobaqalardan so‘ng yetakchi o‘nlikda Osiyodan faqat Xitoy o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Top-10da, shuningdek, Shvetsiya, Avstriya, ROQ, Shveysariya va Fransiya joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring