Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peruda 10 yilda 8-prezident lavozimidan chetlatildi — siyosiy inqiroz davom etmoqda

Peruda 10 yilda 8-prezident lavozimidan chetlatildi — siyosiy inqiroz davom etmoqda

Xose Xeri.

Foto: Wikipedia

Peruda siyosiy inqiroz davom etmoqda va eng so‘nggi yangiliklarga ko‘ra, mamlakatda yana bir bor prezident almashdi. The New York Times yozishicha, mamlakat Kongressi muvaqqat prezident Xose Xeriga nisbatan impichment e’lon qildi va uni lavozimidan chetlashtirdi.

Prezident Xeri xitoylik tadbirkorlar bilan yashirin uchrashuvlar o‘tkazgani va bu haqda hisobot bermagani uchun ayblangan. Bu mojaro OAVda «Chifageyt» (Chifagate), deya nom oldi.

Kongressning 75 nafar a’zosi impichment uchun ovoz berdi, qarshilar — 24 nafar.

Ma’lumot uchun: Xose Xeri bor-yo‘g‘i 4 oy prezidentlik qildi. U 2025-yil oktyabr oyida avvalgi prezident Dina Boluarte impichment qilinib, lavozimidan chetlatilganidan so‘ng hokimiyatga kelgan edi.

Peruda navbatdagi umumiy saylov 2026-yil 12-aprel kuniga belgilangan. Hozirda Kongress yangi muvaqqat rahbarni saylashi kutilmoqda.

E’tiborli jihati, so‘nggi 10 yil ichida Peruda sakizinchi prezident muddatidan oldin lavzomidan ketdi, bu esa mamlakatdagi kuchli siyosiy beqarorlikni ifodalaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring