Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Postkovid sindromi»: davolanish kerak!

«Postkovid sindromi»: davolanish kerak!

Illyustrativ foto

Koronavirusga chalingan har beshinchi inson «postkovid sindromi»dan aziyat chekadi, deydi immunolog Nikolay Kryuchkov.

Bunday noxush vaziyatga tushuvchilar asosan keksalar hamda surunkali xastaligi bor insonlar, biroq yoshlar orasida ham simptomlar aniqlanmoqda.

Sindromga xos alomatlar — toliqish, uyquning buzilishi, xotiraning susayishi, depressiv holat, deb yozmoqda «Sputnik». Qolaversa, bo‘g‘imlar va bosh og‘riqlari, yurak va ovqat hazm qilish tizimining buzilishi, o‘pkaga og‘ir ziyon yetganidan so‘ng nafas olishga qiynalish. Ko‘krak va qorinda og‘riqlar hosil bo‘lishi ham mumkin.

Kryuchkov COVID-19ning bu oqibatlarini davolatish zarurligini ta’kidlagan, aks holda surunkaliga aylanib ketishi ehtimoldan xoli emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring