Press-konferensiya noma’lum muddatga qoldirildi

Ertaga - 2-oktyabr Bosh prokuratura rahbariyatining Ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan edi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatining himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va «Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonlari ijrosi yuzasidan tizimda amalga oshirilgan ishlar axboroti tinglangach, an’anaga ko‘ra, jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob olishi kutilayotgandi. Biroq, o‘rinli sabablarga ko‘ra, tadbir qoldirilgani aytilmoqda.
Jurnalistlar jindek sog‘inch bilan kutayotgan press-konferensiya qachon bo‘lib o‘tadi - hozircha noma’lum.
«Qo‘shimcha ma’lumot berilishi» kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter