Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bugun xalqaro forumda qatnashadi

Prezident bugun xalqaro forumda qatnashadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Davlatimiz rahbari forumning yalpi majlisida nutq so‘zlaydi.

Sessiyada Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi — Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Olga Algayerova, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan ham qatnashadi. Sessiyaga jurnalistika va kommunikatsiyalar sohasida taniqli britaniyalik ekspert Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.

Davlatimiz rahbari forum doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Umuman, tadbirda 70 mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring