Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident "Gazprom neft" raisini qabul qildi

Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi.

Rossiyaning ushbu yetakchi kompaniyasi bilan neft-gaz majmuasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tegishli "yo‘l xaritasi"ga muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko‘rib chiqildi.

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring