Prezident maslahatchisi o‘rinbosari bodibilding federatsiyasiga rahbar bo‘ldi
Bugun, 25-iyul kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda dastlab, shu paytgacha federatsiya rahbari sifatida faoliyat olib borgan Dmitriy Adismanning vitse-prezidentlikka o‘tishi haqidagi arizasi ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng federatsiya raisligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Odil Qalandarovich Abdurahmonov nomzodi ovoz berishga qo‘yildi. Nomzod Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va Odil Abdurahmonov O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasining raisi etib saylandi.
Federatsiyaning sobiq rahbari Dmitriy Adisman esa unga o‘rinbosar sifatida yordam beradigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter