Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident o‘qituvchi va murabbiylarni tabrikladi

Prezident o‘qituvchi va murabbiylarni tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktyabr - Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

"Xalqimiz o‘zining azmu shijoati, bunyodkorlik salohiyati bilan Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etayotgan bugungi kunda ushbu ulug‘ ayyomning mohiyati, muallim va ustozlarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati ayniqsa ortib bormoqda.

El-yurtimiz azaldan e’zozlab keladigan o‘qituvchi va murabbiylarning maqomini, qadr-qimmatini yanada yuksaltirish – biz amalga oshirayotgan davlat siyosatining eng muhim, hal qiluvchi yo‘nalishiga aylangani ham shundan dalolat beradi.

Zero, donishmandlar aytganlaridek, mamlakat avvalo yerdan rizq-nasiba undiradigan dehqonlar, xalqni yovdan, turli yovuzliklardan himoya qiladigan askarlar, yosh avlodga ta’lim va tarbiya beradigan fidoyi muallimlarning sa’y-harakati bilan obod va farovon bo‘ladi", deyiladi tabrikda.

Ilk bor 530 ta maktabda inklyuziv ta’lim joriy etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 288 ming nafardan ortiq boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bepul ovqatlanishi yo‘lga qo‘yildi.

Xususiy sektor rivoji uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyatlar natijasida nodavlat maktablar ulushi 5 foizga yetgani diqqatga sazovordir.

Bugungi kunda o‘qituvchilarning ish haqi 2016 yilga nisbatan o‘rtacha 2,5 marta, professor-o‘qituvchilarning oylik maoshi esa 4,5 karra o‘sgani, oktyabr oyidan pedagog xodimlarning ish haqi yana 15 foizga oshirildi.

"Hech shubhasiz, biz ta’lim va tarbiya tizimini yanada ravnaq toptirish, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish masalasiga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat beramiz va o‘qituvchilikni jamiyatimizda eng obro‘li kasblar qatoriga olib chiqamiz",-deya ta’kidlagan davlat rahbari. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring