Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning Virtual qabulxonasi to‘liq tartibda ish boshladi

Prezidentning Virtual qabulxonasi to‘liq tartibda ish boshladi

Joriy yilning 26-iyulidan Prezidentning Virtual qabulxonasi to‘liq rejimda ish boshladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-fevralida Prezident Virtual qabulxonasining dasturiy tizimining yangi talqini sinov rejimida ishga tushirilgan edi. Virtual qabulxonaning faoliyati davomida shu kunga qadar tizimga 2 211 396 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 2 050 260 tasi tegishli organlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Virtual qabul qilishning asosiy xususiyatlari:

  • Fuqaro Virtual qabulxonada o‘z shaxsiy kabinetini ochishi mumkin;
  • Ko‘p beriladigan savollarga batafsil javoblar olish;
  • Portal orqali onlayn rejimida huquqiy maslahat olish;
  • Davlat organlari rahbarlariga Prezident Virtual qabulxonasi orqali ham murojaat yo‘llash;
  • Xalq qabulxonalari haqidagi barcha ma’lumot bilan portal orqal ham tanishish;
  • Mahallangizni ko‘rsating va muammolar yechimiga hissa qo‘shish;
  • Ta’qib bo‘lsa, tezkor xabar berish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi — jamiyatda mavjud muammolarni hal qilishning samarali vosita sifatida ko‘p bora e’tirof etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring