Prokuratura: erkak xotinining joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Yakkabog‘ tumanida ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirilgan» sarlavhali xabarlar tarqalgan.
Aniqlanishicha, 2021-yil 21-oktyabr kuni Yakkabog‘ tumani, «Uyg‘ur» mahallasida yashovchi fuqaro U.E. mast holatda turmush o‘rtog‘i G.X. bilan o‘zaro janjallashib, uni bir necha bor urib, tan jarohati yetkazganligi oqibatda G.X. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 2021-yil 22-oktyabr kuni Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha U.E.ga Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter