Putin «katta yo‘qotishlar» haqida qayerdan ma’lumot olganini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujum paytida «katta yo‘qotishlari» haqida qayerdan ma’lumot olayotganini aytdi.
U bu haqda harbiy jurnalistlar bilan uchrashuvning yopiq qismida gapirib o‘tgan, deya yozadi jurnalist Pavel Zarubin Telegram kanalida.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Rossiya tomonlari aloqa vositalaridan foydalanadi va bir-birini tinglaydi.
Putin ta’kidlaganidek, «dushman o‘zaro suhbatlarda katta yo‘qotishlarni tasdiqlagan».
Shuningdek, Rossiya rahbariga «ma’lumotlar juda ko‘p kanallar orqali keladi», shu jumladan u batalonlar, brigadalar, polklar, bo‘linmalar komandirlari bilan bevosita aloqa bo‘lib turganini aytgan.
Agar qo‘mondon o‘sha paytda jangda bo‘lsa, davlat rahbari bilan suhbat jangdan keyin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Putin avvalroq Ukraina tomoni qarshi hujumda katta yo‘qotishlarga uchraganini iddao qilgandi. Uning aytishicha, Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujum paytida G‘arb tomonidan yetkazib berilgan 160 dan ortiq tank va 25-30 foiz harbiy texnikani yo‘qotgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter