Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin pandemiya qachon tugashi bo‘yicha gapirdi

Putin pandemiya qachon tugashi bo‘yicha gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 yig‘ilishidagi nutqida koronavirus insoniyatga hali uzoq vaqt davomida xavf tug‘dirishini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma’lum qildi.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, virus mutatsiyada davom etmoqda va shuning uchun vaksinalarni tizimli va tezkor yangilash mexanizmlarini ishlab chiqish muhim.

Avvalroq Putin o‘z nutqida jahondagi global inflyasiya xavfi haqida gapirgan. Rossiya yetakchisining qayd etishicha, tovarlar va xizmatlar narxlarining umumiy darajasining oshishi dunyoning turli mamlakatlarida budjet taqchilligining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

30 oktyabr kuni Rimda G20 davlat va hukumat rahbarlarining sammiti boshlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat sabab onlayn qatnashgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring