Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin qamoq hukmidan keyin ilk bor Rossiyani tark etadi

Putin qamoq hukmidan keyin ilk bor Rossiyani tark etadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi uni hibsga olish uchun order berganidan keyin birinchi xalqaro tashrifni amalga oshiradi. Blooomberg agentligiga ko‘ra, Putin bu yil Xitoyga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Kreml «Bir kamar, bir yo‘l» forumida ishtirok etish uchun Putinning Xitoyga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Vaziyatdan xabardor uchta manbaga ko‘ra, safar shu yilning oktyabriga mo‘ljallangan. Putin Xitoy rahbari Si Szinpinning tadbirda ishtirok etish uchun mamlakatga kelish taklifini qabul qildi, deydi agentlik insayderlaridan biri.

Qayd etilishicha, Putin shu yilning mart oyida Gaaga sudi uni hibsga olishga order berganidan beri Rossiyani tark etmagan. Jumladan, u Janubiy Afrikadagi BRIKS sammitini o‘tkazib yubordi, chunki ushbu davlat qonunlari bo‘yicha Putin qamoqqa olinishi kerak. 

Agentlikning ta’kidlashicha, hozircha Rossiya yoki Xitoy rasmiylari Putinning Xitoyga tashrifini tasdiqlamagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring