Putin Shimoliy Koreyaga sovg‘a jo‘natdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga 70 dan ortiq hayvonlarni sovg‘a qildi. Bu haqda Rossiya tabiat vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, RF tabiat resurslari va ekologiya vaziri Aleksandr Kozlov sovg‘ani Pxenyan markaziy hayvonot bog‘iga topshirgan. Jumladan, Moskva hayvonot bog‘ida saqlanayotgan afrika sheri, ikkita qo‘ng‘ir ayiq, ikki bosh xonakilashtirilgan yak, beshta oq kakadu, har turdagi 25 dona qirg‘ovul va 40 ta mandarin-o‘rdak KXDR poytaxtiga yetkazilgan.
Moskva hayvonot bog‘i 2004-yilda Pxenyanni qushlar: burgut, berkut, turna va to‘tiqushlar bilan ta’minlagandi. Rossiya Shimoliy Koreyaga sut emizuvchi yovvoyi jonivorlarni birinchi marotaba yetkazib bermoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter